Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Matbuot markazi

Istiqlolimizning 27-yilligi bilan!

// 27 August 2018 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston fuqarolarini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 27-yilligi bilan tabriklaydi! Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!


O'zbekiston delegatsiyasi Frantsiyada: muzokaralar, natija va sarhisob

// 26 August 2018 yil

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari S.Safoev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi 21-24 avgust kunlari Frantsiyada bo'ldi. Tarkibida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari A.Abduhakimov, Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasining raisi A.Saidov, madaniyat vaziri o'rinbosari K.Oqilovalar bo'lgan mamlakatimiz delegatsiyasi qator muzokaralar va uchrashuvlarda ishtirok etdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikka oid istiqbolli kelishuvlarga erishildi.


2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 03 August 2018 yil

2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,2 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 105,2%ni tashkil qildi. Sof holda 694,04 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 512,44 ming tonna azotli, 77,8 ming tonna fosforli va 103,8 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.


“O'zatom” agentligi tashkil etiladi

// 20 July 2018 yil

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi. Farmonga ko'ra, aholi va mamlakat iqtisodiyotining elektr energiyasiga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, energiya hosil qiluvchi quvvatlarni ko'paytirish hisobiga energiya bilan barqaror ta'minlash, energetika sektorini diversifikatsiya qilish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va ushbu yo'nalishlarga ilg'or innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (“O'zatom” agentligi) tashkil etiladi.


“Navoiyazot” AJda kimyo korxonalarning innovatsiya rivojlanishi bo'yicha ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi

// 13 July 2018 yil

2018 yil 29 iyun kuni “Navoiyazot” AJda “O'zkimyosanoat” korxonalarning innovatsion rivojlanishi” mavzuida ilmiy-amaliy seminar o'tkazildi. Uning ishida O'zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi mutasaddi ilmiy-tadqiqot institutlar va respublika oliy o'quv yurtlarning rahbarlari va yetakchi olimlari, Germaniyaning “Thyssen Krupp Industrial Solutions AG” va “Maschinenfabrik Gustav Eirich GmbH” hamda Ukrainaning “TECHNOCHIM” kompaniyalari mutaxassislari, shuningdek “O'zkimyosanoat” AJ korxonalarining bosh muhandislari va yetakchi xodimlari ishtirok etishdi.