2019 yilning yanvar-fevral oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1041,4 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 125,7%ni tashkil qildi. Sof holda 215,36 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 161,75 ming tonna azotli, 23,6 ming tonna fosforli va 30 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 817,9 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 456,1 ming tonnasi sotildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 fevral kuni neft-gaz va kimyo sanoatida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish, ushbu tarmoqlarni tizimli rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi, shu jumladan Yangier shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan ammiak va karbamid zavodi qurilishi maydonida bo'ldi.