Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Matbuot markazi

Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni bilan!

// 25 October 2019 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimida faoliyat ko'rsatayotgan mehnat jamoasi 25 oktabr – “Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni” munosabati bilan Ichki ishlar organlarining barcha xodimlari, faxriylari hamda ularning oila a'zolarini muborakbod etadi. Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo'lidagi fidokorona xizmatlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!


“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi — matbuot kotibi tayinlandi

// 23 October 2019 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati rahbari Xaitova Mastura Xusanovna Boshqaruv raisining axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.


“O'zkimyosanoat” AJ “Made in Uzbekistan” Xalqaro milliy mahsulotlar ko'rgazmasida ishtirok etmoqda

// 23 October 2019 yil

Bugun 2019 yil 23-25 oktabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “O'zekspomarkaz” MKK AJ tomonidan respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” Xalqaro milliy mahsulotlar ko'rgazmasi “O'zekspomarkaz” MKK AJning pavilonlari va ochiq maydonlarida o'z faoliyati boshladi.


“O'zkimyosanoat” AJ mas'ul xodimlari Yevropa Ittifoqining “65 loyihasi” bo'yicha o'tkazilagan mintaqaviy seminarida ishtirok etdi

// 16 October 2019 yil

evropa Ittifoqining “65 loyihasi” bo'yicha “Xavfsizlikni oshirish va qaltisliklarni kamaytirish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarida kimyoviy va biologik chiqindilarni boshqarishni kuchaytirish” mavzusidagi mintaqaviy seminar tashkil etildi.


“O'zkimyoimpeks” MChJ mamlakatimiz kimyo sanoati eksport salohiyatini oshirishga o'z hissasini qo'shmokda

// 14 October 2019 yil

“O'zkimyoimpeks” MChJ mas'ul xodimlari va mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi mamlakatimiz kimyo sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksport salohiyatini yanada kengaytirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 avgustdagi “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3246-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Ozarbayjon Respublikasida xizmat safarida bo'lib qaytdi.