Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJ jamoasi "Gimnastrada hamma uchun!" sport festivalida faxrli 2-o`rinni egalladi

// 12 May 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (1.72 MB)

Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xotin-qizlarning sportga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston gimnastika Federatsiyasi tomonidan Vazirlik va idoralar xodimalari va ularning oila aʻzolari oʻrtasida "Gimnastrada hamma uchun!" sport festivali oʻtkazildi. 

Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ nomidan ishtirok etgan Jamiyatimiz tizim korxonasi “Maxam-Chirchiq” AJ jamoasi faxrli 2-oʻrinni egalladi va “Gimnastika elementlarining eng yaxshi tanlovi uchun” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.

Ushbu yutuq bilan jamoa a'zolarini tabriklaymiz hamda kelgusida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!