Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Matbuot markazi

Mamlakatimizda tinch maqsadlarda foydalanish uchun atom energetikasi barpo etiladi

// 11 July 2018 yil

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 10 iyul kuni mamlakatimizda mutlaqo yangi soha bo'lgan atom energetikasini barpo etish bo'yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi. Dunyoda gaz, neft, ko'mir va boshqa manbalarga bo'lgan talab kun sayin ortmoqda. Bu, o'z navbatida, ushbu resurslar zaxirasining keskin kamayib ketishiga olib kelayotir. Shuning uchun butun bashariyat – ehtiyoj uchun ishlatiladigan resurslarning muqobilidan foydalanishga harakat qilmoqda. Shulardan biri tinchlik maqsadlari yo'lida atom elektr energetikasini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Hozirda jahonning 30 dan ziyod mamlakatida atom elektr stantsiyalaridan samarali foydalanilmoqda. Bu mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltirish bilan birga, tabiiy resurslar tejalishiga xizmat qilmoqda.


"O'zkimyosanoat" AJ Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalarini bajarish majburiyatini oldi

// 10 July 2018 yil

"O'zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati 2018 yil 30 iyunda yagona aksiyadorning qarori bilan 2018 yil 1 iyundan boshlab davlat aksiyadorlik jamiyatlarining samaradorligini oshirish va Komissiya yig'ilishining 208 yil 27 apreld agi 24/1-989 sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan, davlat ishtirokidagi korxonalar uchun Korporativ boshqaruv qoidalarining tavsiyalarini bajarish majburiyatini oldi.


O'zbekiston va Afg'oniston ishbilarmonlari Termizda uchrashdi

// 21 June 2018 yil

Surxondaryo viloyatidagi O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida O'zbekiston Respublikasi va Afg'oniston Islom Respublikasi davlat idoralari hamda xususiy sektor vakillari o'rtasidagi muloqotning birinchi davrasi bo'lib o'tdi.


“Kimyo sanoati xizmatchilari lavozimlari va ishchilari kasblari bo'yicha tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasi”ning yangi tahririni ishlab chiqish uchun texnik vazifa

// 20 June 2018 yil


EKSKLYuZIV: Arab shayxi O'zbekistonga milliardlab dollar miqdorida sarmoya kiritmoqchi

// 14 June 2018 yil