Abdulloev Alijon Kaxramonovich – naznachen nachalnikom Svodnogo informatsionno-analiticheskogo departamenta AO «Uzkimyosanoat». A.Abdulloev do naznacheniya rabotal nachalnikom departamenta Investitsionnoy deyatelnosti AO «Uzkimyosanoat». Kurbanov Akbar Djaxangirovich – naznachen nachalnikom departamenta Investitsionnoy deyatelnosti AO «Uzkimyosanoat». A.Kurbanov do naznacheniya rabotal direktorom OOO «MARTLET TRADING».
Mamlakatimizda koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olishga hamda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ko'maklashish maqsadida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati hujjat aylanishi (xat va yozma murojaatlarni qabul qilish)ni vaqtincha elektron shaklda amalga oshirishini ma'lum qiladi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizda COVID-19 koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olishga hamda aholi salomatligiga tahdid soluvchi turli yuqumli kasalliklar va infektsiyalardan himoya qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ko'maklashish maqsadida tashkilot tizimidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan dezinfektsiya amaliyotida qo'llaniladigan natriy gipoxlorit mahsuloti bir qator vazirlik va tashkilotlarga beg'araz taqdim etildi. Jumladan, natriy gipoxlorit O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va hududiy boshqarmalari, O'zbekiston Respublikasi transport vazirligi, O'zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi kabi o'nga yaqin vazirlik va tashkilotlarga “Jizzax plastmassa” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan 60 litrlik plastik taralarga solib, taqdim etildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizda COVID-19 koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olishga hamda aholi salomatligiga tahdid soluvchi turli yuqumli kasalliklar va infektsiyalardan himoya qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni yanada samarali tashkil etishga ko'maklashish maqsadida tashkilot tizimidagi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan dezinfektsiya amaliyotida qo'llaniladigan natriy gipoxlorit mahsulotini O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika Virusiologiya ilmiy-tekshirish instituti va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligiga beg'araz taqdim etildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha vatandoshlarimiz va yurtimiz mexmonlarini “Navro'z” umumxalq bayrami bilan muborakbod etadi! Sizga va oila a'zolaringizga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi yo'lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!