Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Matbuot markazi

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

// 25 January 2019 yil

“O'zkimyosanoat” AJ matbuot-xizmati 2019 yil 25 yanvar kuni soat 11:00 respublika bosma va elektron OAV vakillari uchun 2018 yil yakuni bo'yicha kimyo tarmog'i korxonalari faoliyati natijalari to'g'risida matbuot-anjuman o'tkazilishini xabar qiladi. O'zbekiston jurnalistlari hamjamiyati hamda “O'zkimyosanoat” AJ o'rtasida o'zaro manfaatli muloqot o'rnatilishining ahamiyatini nazarda tutib, “O'zkimyosanoat” AJ matbuot-xizmati tahririyat vakilillarini ushbu tadbirda ishtirok etish uchun taklif qiladi va matbuot-anjuman ishtirokchilari ro'yxatini tuzish maqsadida vakillar ismi-sharifi hamda bog'lanish telefoni bo'yicha ma'lumotni joriy yil 24 yanvar soat 18:00-gacha 78-140-74-26 telefon raqami yoki z.roziev@uks.uz elektron manzil orqali xabar qilishingizni so'raymiz. Matbuot-anjuman quyidagi manzilda o'tkaziladi - Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 38.


2018 yil yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 15 January 2019 yil

2018 yil yakuni bilan “O'zkimyosanoat” korxonalarida 4,17 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi. Sof holda 1170,77 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 847,98 ming tonna azotli o'g'itlar, 140,38 ming tonna fosforli o'g'itlar va 182,41 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.


Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo'yicha asosiy vazifalar belgilandi

// 10 January 2019 yil

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 8 yanvar kuni joriy yilgi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda hukumat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.


Yangi yil tabrigi

// 28 December 2018 yil

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi mamlakatimiz kimyogorlari nomidan butun O'zbekiston xalqini Yangi 2019 yil bilan muborakbod etib, barchaga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va mustahkam sog'liq tilaydi. Jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi yo'lidagi ezgu ishlaringizda hamisha omad yor bo'lsin, aziz hamyurtlar!


2018 yilning yanvar-noyabr oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 05 December 2018 yil

2018 yilning yanvar-noyabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 3,6 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 100,1 %ni tashkil qildi. Sof holda 1061,11 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 769,44 ming tonna azotli, 128 ming tonna fosforli va 163,68 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 2829,6 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 2011, 2 ming tonnasi sotildi.