Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Matbuot markazi

// 05 June 2018 yil


“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 14 ishlab chiqarish korxonasi va 6 xizmat ko'rsatish tashkiloti faoliyat ko'rsatadi. Ularda 30 mingdan ortiq mutaxassis va xodim ishlaydi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi 180 dan ziyod ekanligi matbuot anjumanida qayd etildi.

// 04 June 2018 yil


Kimyo sanoati korxonalarini 2021 yilgacha rivojlantirish dasturiga binoan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi tomonidan amaldagi quvvatlar samaradorligini oshirish va barqaror ishlashini ta'minlash, energiya sarfini qisqartirish va import o'rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish qatorida O'zbekiston Respublikasining 2017 yil Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarni amalga oshirilishi jadallashtirildi.

// 31 May 2018 yil


2018 yilning yanvar-aprel oylarida “O'zkimyosanoat” AJ korxonalari faoliyati to'g'risida

// 08 May 2018 yil

2018 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1,16 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 105,1% ni tashkil qildi. Sof holda 375,52 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 283,65 ming tonna azotli, 37,27 ming tonna fosforli va 54,6 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.


Shavkat Mirziyoev “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdi

// 20 April 2018 yil

Mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik korxonasi – “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatida uchta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bular “Polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish”, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarish quvvatlarini qurish” va “Azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihalaridir.