Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Tarmoq yangiliklar

“Maksam-Chirchiq” AJda mashqlar o'tkazildi

// 01 May 2015 yil

2015 yil 29 aprelda “Maksam - Chirchiq” AJda korxonaning fuqaro muhofazasi tuzilmalari Chirchiq shahrining Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimining xizmatlari bilan birgalashib hamkorlikda ishlash ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha ko'rgazmali maxsus-taktik mashqi o'tkazildi. Mashq davomida texnogen xususiyatga ega shartli favqulodda vaziyatni bartaraf etish bo'yicha vazifalar bajarildi.


“Navoiyazot” AJda mashqlar o'tkazildi

// 24 April 2015 yil

2015 yil 22 aprelda “Navoiyazot” AJda korxonaning fuqaro muhofazasi tuzilmalarining Navoiy viloyatiFavquloda vaziyatlar boshqarmasi xizmatlari bilan birgalashib hamkorlikda ishlash ko'nikmalarni takomillashtirish bo'yicha ko'rgazmali maxsus-taktik mashqlar o'tkazildi.


“O'zkimyosanoat” DAKda «Maxamcorp Holding S.L.» kompaniyasining korporativ rivojlantirish va strategiya masalalari bo'yicha bosh rahbari bilan uchrashuv o'tkazildi

// 24 April 2015 yil

2015 yil 23 aprel kuni “O'zkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi Normat Ibragimov “Maksam-Chirchiq” AJ va “Ammofos-Maksam” AJ Kuzatuv kengashlari majlisida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Ispaniyaning «Maxamcorp Holding S.L.» kompaniyasi korporativ rivojlantirish va strategiya masalalari bo'yicha bosh rahbari janob Montoro Lopes hamda kompaniyaning boshqa vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi.


“Navoiyazot” AJda o'tkazilgan seminar

// 20 April 2015 yil

2015 yil 18 aprelda “Navoiyazot” AJ negizida tarmoq Innovatsiya dasturini amalga oshirish bo'yicha“O'zkimyosanoat” DAK tarkibidagi korxonalarning bosh muhandislari ishtirokida seminar-kengash o'tkazildi. Bu tadbirdan asosiy maqsad kimyo korxonalarida olib borilayotgan va tarmoqni rivojlanishiga, ishlab-chiqarishni o'sishiga, import o'rnini bosuvchi yangi maxsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashishdan iboratdir.


2015 yilning I choragi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 17 April 2015 yil

2015 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 518.9 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 107,8%) hamda 42,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 108,4%) ishlab chiqarildi.