Memorandum doirasida qo'shma korxona tashkil etish orqali O'zbekiston Respublikasi hududida “Metanol asosida keng mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish” va “Lineykalik alkilbenzol ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilish ko'zda tutilgan.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarning birida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Navoiyazot” AJ faoliyati bilan bog'liq noto'g'ri tasdiqlanmagan xabar e'lon qilindi. Shu munosabat bilan “O'zkimyosanoat” AJ quyidagilarni ma'lum qiladi.
Joriy yilning 12 may kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 18414 tonna 33602 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 11 may kuni 20564 mln. so'mlik 9075 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 11 may kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 7833 tonna 18657 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bu ko'rsatkich o'tgan xafta yakunidagi savdolardan past bo'lib, 8 may kuni 26806 mln. so'mlik 11561 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.
Joriy yilning 8 may kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 11261 tonna 26349 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi. Bir kun avval bu ko'rsatkich past bo'lgan ya'ni 7 may kuni 21183 mln. so'mlik 10597 tonna mineral o'g'itlar sotilgan.