“Birinchi rezinotexnika zavodi” mas'uliyati cheklangan jamiyati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida rezinatexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan 2014 yilda tashkil etilib 2018 yil iyul oyidan mahsulot ishlab chiqara boshladi. Korxona yiliga 3 million dona avtomobil hamda 200 ming dona qishloq xo'jaligi shinalari va 100 ming pagonometr konveyer lentasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mazkur zavodni qurilishiga Davlat kafolati ostidagi Xitoyning “Eksimbank” bankidan 156,4 mln. dollar mablag'lar jalb qilingan.
"Ammofos-Maksam" aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv Kengashi yig'ilishida "Ammofos-Maksam" AJ Boshqaruvi a'zolarining vakolat muddatlarini bir yilga uzaytirish to'g'risida qaror qabul qilindi.
Joriy yil 30 iyun kuni “Qo'ng'irot soda zavodi”da “A” markali “og'ir” kaltsinatsiyalangan soda olindi. Keyingi 3 kun davomida ishlab chiqarish quvvatlari to'liq rejimga chiqishi rejalashtirilmoqda.
“CAMCE Engineering Co., Ltd.” kompaniyasi mamlakatimizda amalda bo'lgan pandemiya sharoitida koronavirus infektsiyasining tarqalishining oldini olishga ko'maklashish maqsadida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga tibbiy niqoblar taqdim etdi.
Bugun “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “Tarmoq korxonalarining internet resurslarini ijtimoiy tarmoqlarda targ'ib qilish” mavzusida videokonferentsiya shaklidagi seminar tashkil etildi. Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad kontent sifatini oshirish va korporativ veb-saytlarni yanada ommalashtirish, shuningdek, soha mahsulotlarini ijtimoiy media sahifalarida targ'ib qilish sifatini yanada oshirish hisoblanadi.