Joriy yilning 1 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 10029 tonna 21071,4 mln. so'mlik mineral o'g'itlar sotildi.
“O'zkimyosanoat” AJ yoshlar yetakchilari Respublikaning barcha viloyatlariga jamiyatga biriktirilgan maktablarning holatini tubdan o'rganib chiqish maqsadida joylarga hizmat safariga jo'nab ketishdi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini ta'minlash hamda “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga biriktirilgan kimyo va biologiyaga ixtisoslashtirilgan maktablarni joylarga chiqib o'rganish hisoblanadi.
D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti federal davlat byudjet oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filialiga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti administratsiyasining delegatsiyasi rasmiy tashrifi bo'lib o'tdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Boshqaruv raisining tizimdagi korxona va tashkilotlarning yoshlar yetakchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Videokonferentsaloqa orqali o'tkazilgan uchrashuvda “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar yoshlar yetakchilari, korxona rahbar-xodimlari va faol yoshlar ishtirok etdi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ta'lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uyg'unlashtirish hamda ishlab chiqarish loyihalarini ilmiy-texnik jihatdan takomillashtirishga qaratilgan amaliy muloqot tashkil etildi. Tadbirda Toshkent kimyo-texnologiya instituti professor o'qituvchilari, ilmiy xodimlari, “O'zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxona-tashkilotlar rahbar-xodimlari hamda vazirlik idoralar vakillari ishtirok etdi.