Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Tarmoq yangiliklar

“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston fuqarolarini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 25-yilligi bilan tabriklaydi!

// 31 August 2016 yil

Kompaniyaning tabrik matni “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston fuqarolarini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 25-yilligi bilan tabriklaydi! Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!


“Uchkurash” musobaqasi o'tkazildi

// 03 August 2016 yil

Vazirlik va idoralarning tarkibidagi qutqaruv otryadlari, xizmatchi va xarbiy xizmatchilarining favqulodda vaziyatlar vaqtida samarali qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishlari, ularning bu boradagi bilim-ko'nikmalarini oshirish, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi qutqaruvchilar bilan soha yo'nalishi boo'icha o'zaro malaka almashishi uchun Favqulodda vaziyatlada harakat qilish davlat quyi tuzilmalari o'rtasida “Uchkurash” musobaqasiga asos solindi.


«Navoiyazot» AJ boshqaruv organlari rahbarligiga (logistika bo'yicha direktor) nomzodlarni tanlab olish bo'yicha tanlovda ishtirok etishga taklif etadi

// 01 August 2016 yil

«Navoiyazot» AJ «Aksiyadorlikdorlik jamiyatlari va aktsionerlar huquqlarini himoya qilish» to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Aksiyadorlikdorlik jamiyatlarida koorporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida» gi PQ- 4720 – sonli Farmoni, Jamiyat Ustavi «Navoiyazot» AJ boshqaruv organlari rahbarligiga nomzodlarni tanlab olish Reglamentiga muvofiq jamiyat boshqaruv organlari a'zoligiga (logistika bo'yicha direktor) nomzodlar tanlovini e'lon qiladi.


«Navoiyazot» AJ boshqaruv a'zolarini vakant lavozimlarga nomzodlarni tanlab olish bo'yicha tanlov muddati uzaytirilganligi to'g'risida ma'lum qiladi

// 29 July 2016 yil

2016 yil 29 iyuldagi Tanlov komissiyasining yig'ilish qarori asosida «Navoiyazot» AJ boshqaruv a'zolarini vakant lavozimlarga Marketing, sotish va sotib olish bo'yicha direktori nomzodlariga tanlov 2016 yil 27 avgustgacha muddati uzaytirildi va 2016 yil 28-30 avgust kunlari tanlov natijalari yakunlanadi.


«Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisligiga nomzodlarni tanlab olish bo'yicha tanlov e'lon qilinadi

// 08 July 2016 yil

«Navoiyazot» AJ «Aksiyadorlikdorlik jamiyatlari va aktsionerlar huquqlarini himoya qilish» to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi «Aksiyadorlikdorlik jamiyatlarida koorporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida» gi PQ- 4720 – sonli Farmoni, Jamiyat Ustavi «Navoiyazot» AJ boshqaruv organlari rahbarligiga nomzodlarni tanlab olish Reglamentiga muvofiq jamiyat boshqaruv organlari rahbarligiga (boshqaruv raisi) nomzodlar tanlovini e'lon qiladi.