Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Hindistonning “IPL Biologicals Limited” kompaniyasi oʻrtasida, hamkorlikda “UzIPLBiologicals” MChJ shaklidagi qoʻshma korxonani tashkil etish yuzasidan tegishli hujjatlar imzolandi

// 31 May 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (588.17 KB)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sogʻlomlashtirish, yuqori qoʻshilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 13-fevraldagi PQ–4992-son qaroriga muvofiq “Oʻsimliklarni himoya qilishga moʻljallangan vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish belgilangan boʻlib, mazkur loyihani amalga oshirish doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan oʻtkazilgan muzokaralar va oʻrganishlar natijasida, ushbu yoʻnalishda yetakchilardan hisoblangan Hindistonning “IPL Biologicals Limited” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

2023-yilning 30-may kuni “Oʻzkimyosanoat” AJda Hindistonning “IPL Biologicals Limited” kompaniyasi bilan hamkorlikda “UzIPLBiologicals” MChJ shaklidagi qoʻshma korxonani tashkil etish boʻyicha tegishli hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Taʻkidlab oʻtish lozim, “Oʻsimliklarni himoya qilishga moʻljallangan vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish dolzarbligi hamda iqtisodiy jihatdan samaradorligi bilan ham ahamiyatlidir. Biomoddalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va uni amaliyotga toʻgʻri joriy qilish natijasida oziq-ovqat xavfsizligini taʻminlashda samarali natijalarga erishiladi.

 Maʻlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, “IPL Biologicals Limited” xususiy kompaniya boʻlib, bosh ofisi Nyu-Dehli shahrida joylashgan. Kompaniya 1994-yildan buyon tabiiy mikroorganizmlarga asoslangan ekinlarning chidamliligini boshqarishda tuproq salomatligi, hosildorlik va sifatni yaxshilashga qaratilgan biologik mahsulotlarni ichki laboratoriya tadqiqotlari orqali ishlab chiqadi. “IPL Biologicals Limited” kompaniyasi 50 turdan ortiq mahsulot portfeliga ega boʻlib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kasalligi va zararkunandalarga qarshi kurash, oʻsimliklarning oziqlanishi va tuproqni boshqarish sohalarida yetakchi korxonalardan biridir.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati