Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalari Komplayens xizmati tomonidan 2022-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti boʻlib oʻtdi

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, sohada priventiv choralarni kuchaytirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Hususan, Jamiyatning 2023-yil uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi” tasdiqlanib, sohada korrupsiyani oldini olish va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, barcha tarmoq korxonalarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosat”, “Odob-axloq qoidalari”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish Nizomi”, “Nomzodlarni tekshirish boʻyicha Yoʻriqnoma”, “Kontragentlarni tekshirishga oid Yoʻriqnoma” va “Xavf-xatarlarni aniqlash va baholash Uslubiyoti” kabi 10 dan ortiq ichki idoraviy hujjatlar qabul qilinib, mazkur hujjatlardagi tartib-taomillar bilan xodimlarni tanishtirish va amaliyotga joriy etish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

“Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish Nizomi” talablariga muvofiq xizmat vazifasiga koʻra korrupsiyaviy xavf-xatarlar ehtimoli yuqori boʻlgan 6250 nafar xodimlar tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar toʻldirildi. Tahlillar natijasiga koʻra 57 ta masʼul xodimlarda manfaatlar toʻqnashuvi holati mavjudligi, 37 ta holatda esa ehtimoliy (potensial) manfaatlar toʻqnashuvi holati mavjudligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Kimyo sanoati korxonalarida korxona va davlat mulklarini oʻzlashtirish va korrupsion jinoyatlar boʻyicha jami 65 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazilgan. Xizmat tekshiruvlari natijasiga koʻra toʻplangan hujjatlar tegishli tartibda huquqtartibot idoralariga yuborilib, oqibatida 28 nafar xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan, 25 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 100 nafar masʼul xodimlarga turli intizomiy jazolar qoʻllanildi.

2021-yil davomida tarmoq korxonalarining tovar-moddiy boyliklari hamda vakolatli ijara omborlarida jami boʻlib 85,5 mlrd. soʻmlik turli tovar-moddiy boyliklari va mineral oʻgʻitlar kamomadi aniqlangan boʻlsa, koʻrilgan chora-tadbirlar va oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar natijasida joriy yilning hisobot davrida vakolatli ijara omborlarida kamomadlar aniqlanmadi.

2022-yilda “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida korrupsion harakatlar, korxona mablagʻlarining talon-taroj qilinishi va ishlab chiqarish koʻrsatkichlariga qoʻshib yozishlar oqibatida tizimga jami 28,3 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlanib, tergov xarakatlarini olib borayotgan idoralar bilan xamkorlikda yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan tegishli choralar koʻrilmoqda.

Shu bilan birga, hisobot davrida “Oʻzkimyosanoat” AJ va tarmoq korxonalarida qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlar “Xaridlar siyosati” va “Kontragentlarni tekshirishga oid Yoʻriqnoma” talablariga rioya etilishini taʼminlash natijasida tizim korxonalarida xaridlar jarayonining ochiq va shaffofligini taʼminlash orqali jami 7,5 mlrd. soʻmlik pul mablagʻlarining asossiz sarflanishini oldi olindi.