Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi 2023-yil hisoboti

2023-yil davomida “Oʻzkimyosanoat” AJga jami 510 ta  (2022-yilda 528 ta) ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Viloyatlar kesimida tahlil qilinganida, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 34 ta, Buxoro viloyatidan 3 ta, Jizzax viloyatidan 16 ta, Qashqadaryo viloyatidan 149 ta, Navoiy viloyatidan 142, Namangan viloyatidan 3 ta, Samarqand viloyatidan 5 ta, Sirdaryo viloyatidan 2 ta, Surxandaryo viloyatidan 2 ta, Toshkent viloyatidan 71 ta, Fargʻona viloyatidan 326 ta, Xorazm viloyatidan 2 ta, Toshkent shahridan 43 ta, boshqa hududlardan 6 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ulardan 30 tasi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlardir.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi arizalar tahlili shuni koʻrsatdiki, ularning 4 tasi ishonch telefoni, 10 tasi Prezident virtual qabulxonasi, 2 tasi Xalq qabulxonasi va 9 tasi jamiyatning pochta manzili, 2 tasi Jamiyatning elektron pochta manzili, 1 ta yozma shaklda, 1 tasi Jamiyatning elektron bot manziliga orqali kelib tushgan boʻlsa, 1 tasi ariza bevosita fuqaroni shaxsiy qabulidan olingan arizalarni tashkil etadi.

Murojaatlarning hududlar kesimidagi tahlilida 14 tasi Qashqadaryo viloyati, 6 tasi Navoiy viloyati, 2 tasi Fargʻona viloyati,  7 tasi  Toshkent viloyati, va 1 tasi Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashaydigan fuqarolardan yuborilganligi maʼlum boʻlgan.

Barcha murojaatlar tegishliligi boʻyicha “Oʻzkimyosanoat” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi hamda tizim korxonalari Komplayens xizmati xodimlari bilan hamkorlikda oʻrganib chiqilgan.

Aloqa kanallari orqali kelib tushgan murojaatlarni oʻrganishlar natijasida 10 ta holatda toʻplangan hujjatlar holatlarga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga, 1 ta murojaatda manfaatlar toʻqnashuvi holatlari mavjudligi oʻz tasdigʻini topganligi munosabati bilan faoliyat yurtayotgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini bekor qilish choralari koʻrilgan va 4 ta holatda  mansabdor shaxslarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.

Misol uchun, F.M. arizasi asosida “Navoiyzot” AJ Malakalarni baholash markazi direktori M.R. va markaz mutaxassisi Sh.K.lar “Navoiyzot” AJda ishchi boʻlib ishlovchi D.Ani yuqori maoshlik lavozimga oʻtkazish uchun 700 AQSH dollarini olganligi holati yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi idoraga yuborilgan.   

2023-yilda “Navoiyzot” AJda ayrim mansabdor shaxslarning ish faoliyatida uchrayotgan kamchiliklarni aniqlash va kelgusida bunday holatlarning sodir etilishini oldini olish uchun “O‘zkimyosanoat” AJ tomonidan tekshiruvlar uyushtirilgan. Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasi yuzasidan toʻplangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza etuvchi idoraga yuborilgan. Natijada Navoiy viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 167-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilgan.

Tergov yakuni boʻyicha 2023-yilning 15-noyabr kuni tegishli sudlov hukmi chiqib, unga koʻra  “Navoiyzot” AJda mansabdor lavozimlarda ishlagan J.Z., M.O., E.A., S.S. va F.N.lar Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan aybli deb topilgan. Mazkur jinoyat ishini tergov qilish jarayonida yetkazilgan moddiy zararlardan  2.700.000.000 dan ortiq moddiy zararlar qoplanishiga erishilgan.

Bundan tashqari, aloqa kanallari orqali kelib tushgan maʼlumotlar asosida joriy yilning mart oyida “Oʻzkimyosanoat” AJ va “Navoiyazot” AJ Komplayens boshqarmalari tomonidan Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Hasan-ata” MChJga qarashli 5-sonli vakolatli omborda oʻtkazilgan xatlov jarayonida ombor mudiri Oʻ.D. tomonidan 1-mart holatiga 1224,273 tonna – birja bahosi 3 695 685 971 soʻmlik mineral oʻgʻitlar kamomadi aniqlandi. Aybdorlarga nisbatan qonuniy chora koʻrish maqsadida toʻplangan materiallar Navoiy viloyat prokuraturasiga joʻnatildi. Natijada Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi, 228-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgʻatilib, yetkazilgan zararning 3,1 mlrd. soʻmi undirilishiga erishildi.

Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan korrupsion va boshqa qonunbuzilish holatlarining kelib chiqish sabab va omillari tahlil qilinib, mavjud korrupsion xavf-xatarlarni minimallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning 2024-yil uchun mo‘ljallangan rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish natijasida aniqlangan holatlarning salbiy oqibatlari, korxona va tashkilotlardagi mansabdor shaxslarning javobgarligi masalasini kuchaytirish mavzularida “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi rahbarligida jamiyat shaxsiy tarkibi va tarmoq korxonalari rahbarlari ishtirokida bir necha marotaba profilaktik suhbat va seminar tadbirlari oʻtkazilgan.