“Maksam-Chirchiq” AJda avtomobil yo'llar yahlanishini oldini oladigan 100% mahalliy xom-ashyo asosidareagent ishlab chiqarildi. “Qamchiq” devonida qish sharoitidao'tkazilgansinovlar ijobiy natija berdi -reagent -320 darajali sovuqda ham o'z xususiyatlarni namoyish qiladi. Shu bilan birga reagentdan foydalanganda avtomobil yo'llarinita'mirlash xarajatlari qisqaradi. “O'zavtoyo'l” AK 2015-2016 yil qish mavsumiga mazkur reagentdan 100 tonnasini ishlab chiqarish uchun buyurtma berdi.
2015 yilning 25-28 avgust kunlarida Xitoyning «Poly Group» korporatsiyasi prezidenti janob Chjan Chjengao boshchiligida delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida “O'zkimesanoat” AJ, “O'zavtosanoat” AK va boshqa idoralarda uchrashuvlar tashkil etilib, "Angren" EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xo'jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish"loyihaning amalga oshirilishi bo'yicha muzokaralar olib borildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati respublikamiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini hammamiz uchun eng ulug', eng aziz sana – Vatanimizning Mustaqillik kuni, Istiqlolimizning 24-yilligi bilan tabriklaydi! Ushbu nurafshon ayyomda barchaga mustahkam sog'liq, yaxshi kayfiyat,oilaviy baxt-saodat va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz! El-yurtimiz omon, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
2015 yilning yanvar-iyul oylarida“O'zkimyosanoat” korxonalarida 1262,7 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,6% tashkil qildi. Ayni paytda 130,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o'tgan yilning ayni davriga nisbatan o'sish sur'ati 132,8%.
2015 yilning yanvar-iyun oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1102,5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,5%) hamda 110,6 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 137,4%) ishlab chiqarildi.