“Maksam-Chirchiq” AJda suyuq azot-kaltsiy-magniyli o'g'itni ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarildi. Xom-ashyo sifatida dolomit, azot kislotasi va karbamid xizmat qiladi. Ushbu o'g'it g'alla, oziqa o'simliklar, sabzavot va mevalar yetishtirish uchun ishlatiladi. Hozirgi vaqtda respublika Fanlar Akademiyasining umumiy va noorganik kimyo Institutida mazkur o'g'it agrokimyoviy sinovlardan o'tkazilmoqda.
“Navoiyazot” AJda kaliy xlorati (Bertolet tuzi) ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba uskuna yaratildi. Bu modda gugurt ishlab chiqarishda, lak-bo'yoq, farmatsevtika, yog'och va kimyo sanoatida ishlatiladi. Mahsulotning tajriba partiyasi ishlab chiqarilib, «ATLAST INVEST» hamda «Nurafshon yulduz yog'dusi» MChJlarga sinovdan muvaffaqiyatli o'tkazildi. Shu kunlarda korxona oyiga 40 tonna mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha buyurtma oldi.
2015 yilning yanvar-sentabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1646,4 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 104,1%) hamda 150,5 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 117,7%) ishlab chiqarildi.
“Navoiyazot” AJda suvni zararsizlantirish uchun xlor tabletkalar ishlab chiqarish texnologiyasi yaratildi va ularni ishlab chiqarish uchun sanoat - tajriba qurilmasi yasaldi. Mahsulotning sinov partiyasi ishlab chiqarildi va hozirda tegishli normativ hujjatlar va tavsiyanomalar tayyorlash ustida ish olib borilmoqda. Xlor tabletkalaridan ichish va texnik suvni zararasizlantirish, suzish havzalarni,sanitar-taxnik uskunalarni tozalash uchun foydalanish mumkin.
2015 yilning yanvar-avgust oylarida“O'zkimyosanoat” korxonalarida 1429,5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 101,2% tashkil qildi. Ayni paytda 143,2 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o'tgan yilning ayni davriga nisbatan o'sish sur'ati 124,6%. Sof holda 839,7 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 649,5 ming tonna azotli o'g'itlar, 88,1 ming tonna fosforli o'g'itlar va 102 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.