Joriy yil 3 fevral kuni “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi N.S.Ibragimov Qirg'iziston Respublikasi Hukumati huzuridagi davlat moddiy rezervlar Jamg'armasi raisi J.K.Jumabekov bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yo'nalishlari hamda o'zaro ahamiyatga ega bo'lgan masalalar muhokama etildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogarlari nomidan butun O'zbekiston xalqini Yangi 2016 yil bilan muborakbod etib, barchaga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat va mustahkam sog'liq tilaydi. Jonajon Vatanimizning gullab-yashnashi yo'lidagi ezgu ishlaringizda hamisha omad yor bo'lsin, aziz hamyurtlar!
Joriy yil 15 dekabrda “kun.uz” internet nashrida joylashtirilgan “O'zbekistonda 500 million dollarlik kimyo zavodi quriladi” deb nomlangan axborotga “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati o'z munosabatini bildirishni lozim deb topdi. Birinchidan, “Uzkimyosanoat” AJ vakillari xabarda keltirilgan “Daniyaning Intex Engineering, Italiyaning Smet Balestra va Finlyandiyaning Outotec kompaniyalari bilan hech qachon, hech qanday muzokaralar olib bormagan.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyogarlari nomidan O'zbekiston xalqini ulug' bayram – Konstitutsiya kuni bilan chin dildan qutlaydi! Mehnatsevar, qo'li gul xalqimizning yaratuvchanlik va bunyodkorlik jabhasida erishayotgan yutuqlari tobora ko'payib, yurtimiz kundan-kun chiroy ochaversin! Har bir xonadonga tinchlik va omonlik, baxt-saodat, dasturxonlariga qut-baraka, amalga oshirayotgan xayrli ishlariga omad tilaymiz!
2015 yilning yanvar-oktabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1794,4 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 102% tashkil qildi. Ayni paytda 161,4 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o'tgan yilning ayni davriga nisbatan o'sish sur'ati 117,9%. Sof holda 1043,5 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 801,6 ming tonna azotli o'g'itlar, 117,4 ming tonna fosforli o'g'itlar va 124,5 tыs.tonn ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.