Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Tenderlar va tanlovlar

"Dehqonobod kaliy zavodi" AJ uchun intensiv bog‘ni hamda ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish uchun 2 dona yer osti artezian quduqlarini burg‘ulatish

// 12 September 2023 yil

«Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining intensiv bog'ini obodonlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz suv bilan ta'minlash uchun ikki dona artizan quduqlari burg‘ilatish. Xizmatni ko'rsatuvchi tomonidan texnik topshiriqda ko'rsatilgan xizmatlarni bajarishga buyurtmachi tomonidan berilgan texnik shartda ko‘rsatilgan Ø159 mm metall trubalarni talablar asosida sifatli va kafolatlangan holda burg‘ilab o‘rnatish talab qilinadi.


"Dehqonobod kaliy zavodi" AJ uchun “Ekoanalitik laboratoriyada O‘z DSt ISO/IEK 17025:2019 davlat standartlari asosida akkredittatsiyasi bo‘yicha validatsiya verifikatsiya, o‘lchashlar noaniqligini baholash, xodimlar malakasini oshirishda konsalting xizmatlarini

// 11 September 2023 yil

Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘limi Ekoanalitik laboratoriyasida “tabiiy va oqova suvlarning iflosligini aniq analitik nazorat qilish” O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standartlarini joriy qilishda konsalting va o‘qilish xizmati.


"Dehqonobod kaliy zavodi" AJ uchun 2023 yil 2-yarim yillik ishlab chiqarish ehtiyoji uchun siqiligan gazda harakatlanuvchi yuk avtotransport vositalarida yuk tashish

// 07 September 2023 yil

Xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan yuk tashish ishlariga jalb qilinadigan, siqilgan gazda harakatlanuvchi yuk avtomashinlari yordamida «Dehqonobod kaliy zavodi» aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil sentyabr-dekabr ishlab chiqarish ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan silvinit rudasini shartnoma asosida tog‘-kon majmuasidan qayta ishlash majmuasiga oraliq masofa 42 km dan tashib keltirish va qayta ishlash majmuasidan tog‘-kon majmuasiga oraliq masofa 42 km ga ishlab chiqarishdan chiqqan galitli qoldiqni (xvost tuzini) tashish xizmatini ko‘rsatish.


“Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyati Korxona boshqaruvi axborot tizimini ( ERP ) dasturlash va joriy qilish bo‘yicha tender e’lon qiladi

// 13 April 2023 yil

Tender shakli: elektron Boshlang‘ich bahosi: 42 500 000 000 (qirq ikki milliard besh yuz million) so‘m QQSsiz.


Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi bosh mutaxassisi vakant lavozimiga tanlov eʼlon qilinadi

// 09 February 2023 yil

Nomzodga qoʻyiladigan talablar: 30 yoshdan 35 yoshgacha; Iqtisod, moliya, moliyaviy kredit, yurisprudensiya sohasida oliy maʼlumot; Moliya, iqtisod, audit, nazorat taftish, gʻaznachilik, davlat xaridlarini boshqarish va yurisprudensiya sohalari boʻyicha kamida besh yillik ish tajribasi (moliyaviy nazorat, gʻaznachilik va davlat xaridlari sohalarida ishlagan boʻlsa ustunlik beriladi); Moliyaviy nazorat, davlat xaridlari, komplayens nazorat, ishlab chiqarish bilan bogʻliq sohalarda kamchiliklarni tekshirish, aniqlash hamda tekshiruv natijalarini hujjatlashtirish, zamonaviy fikrlash, soha boʻyicha takliflar berish hamda ularni joriy etish; Oʻzbek tilini yozma va ogʻzaki nutq uchun erkin darajada bilishi shart. Rus va ingliz tillarini bilishi maʼqullanadi; Kompyuter savodxonligi, ofis dasturlarini mukammal bilish;