Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Maxam-Chirchiq” aksiyadorlik jamiyati vakolatli omborlar tashkil qilish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

// 05 January 2026 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (172.06 KB)

“Maxam-Chirchiq” Aksiyadorlik Jamiyatida ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarni vaqtinchalik saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzishda tadbirkorlik subyektlari va boshqa talabgor korxonalar o‘rtasida teng raqobatbardoshlik jarayonini xolis va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida, Andijon viloyati hududida jamiyat tomonidan ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘itlarni saqlashga mo‘ljallangan vakolatli omborlarni tashkil etish tanlov asosida o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Mineral o‘g‘itlarni saqlash uchun texnik va xavfsizlik talablariga to‘la javob beradigan vakolatli omborlarni hamda uni tashkil etuvchi munosib talabgorlarni tanlab olish, tanlov asosida maxsus tartibga asosan amalga oshiriladi va texnik topshiriqda belgilangan shartlarga asosan tanlab olinadi.

Tanlovda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, sog‘lom moliyaviy faoliyatga ega bo‘lgan, o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo‘lgan tashkilotlar qatnasha oladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov takliflari muhrlangan konvertda 2026-yil 12-yanvar soat 18-00 ga qadar qabul qilinadi. 

Vakolatli ombor tanlovida ishtirok etish uchun zarur hujjatlar va qo‘yiladigan talablar haqidagi to‘liq ma'lumotlar korxonaning veb-saytida (https://maxam-chirchiq.uz/uz/news/e-lon30122025/) joylashtirilgan.

Ma'lumot olish uchun:
Pochta manzili: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Toshkent ko‘chasi 2-uy
Telefon: (99) 229-28-22, 851-10-08
E-mail: birga@maxam-chirchiq.uz

"Maxam-Chirchiq" AJ Matbuot xizmati