2015 yil 18 aprelda “Navoiyazot” AJ negizida tarmoq Innovatsiya dasturini amalga oshirish bo'yicha“O'zkimyosanoat” DAK tarkibidagi korxonalarning bosh muhandislari ishtirokida seminar-kengash o'tkazildi. Bu tadbirdan asosiy maqsad kimyo korxonalarida olib borilayotgan va tarmoqni rivojlanishiga, ishlab-chiqarishni o'sishiga, import o'rnini bosuvchi yangi maxsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirilgan faoliyati bilan yaqindan tanishish va tajriba almashishdan iboratdir.
2015 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 518.9 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 107,8%) hamda 42,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 108,4%) ishlab chiqarildi.
2014 yilning yanvar-dekabr oylarida "O'zkimyosanoat” korxonalarida 2011.5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 106,8%) hamda 171,9 mlrd so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 109,7%) ishlab chiqarildi. Sof holda 1212,1 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 979,24 ming tonna azotli o'g'itlar, 136,51 ming tonna fosforli o'g'itlar va 96,36 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2014 yilning 9 oyi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1479 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 104,1%) hamda 140,7 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 129,5%) ishlab chiqarildi. Sof holda 881,91 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 718,55 ming tonna azotli o'g'itlar, 101,72 ming tonna fosforli o'g'itlar va 61,64 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
«Samarqandkimyo» AJ NPK murakkab mineral o'g'itni ishlab chiqarishni boshladi (15:15:15). Mazkur o'g'itni bo'yicha savollar va qiziqishlar bilan «Zzkimyosanoat» DAK ning Markenting va TIA boshqarmasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojjat qilishingiz mumkin: (998 71) 140 74 52, (998 71) 140 74 36.