Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Tarmoq yangiliklar

«Poly Group» korporatsiyasining delegatsiyasi tashrifi

// 29 August 2015 yil

2015 yilning 25-28 avgust kunlarida Xitoyning «Poly Group» korporatsiyasi prezidenti janob Chjan Chjengao boshchiligida delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida “O'zkimesanoat” AJ, “O'zavtosanoat” AK va boshqa idoralarda uchrashuvlar tashkil etilib, "Angren" EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xo'jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish"loyihaning amalga oshirilishi bo'yicha muzokaralar olib borildi.


2015 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 11 August 2015 yil

2015 yilning yanvar-iyul oylarida“O'zkimyosanoat” korxonalarida 1262,7 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,6% tashkil qildi. Ayni paytda 130,8 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari ishlab chiqarildi va o'tgan yilning ayni davriga nisbatan o'sish sur'ati 132,8%.


2015 yilning I yarmi yakunlari bo'yicha “O'zkimyosanoat” DAK korxonalari faoliyati to'g'risida

// 27 July 2015 yil

2015 yilning yanvar-iyun oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1102,5 mlrd. so'mlik tovar mahsulot (o'sish sur'ati 103,5%) hamda 110,6 mlrd.so'mlik xalq iste'mol mollari (o'sish sur'ati 137,4%) ishlab chiqarildi.


“Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning kompaniyalari bilan shartnoma imzoladi

// 23 July 2015 yil

“Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning «Mitsubishi Heavy Industries» i «Mitsubishi Corporation» kompaniyalari o'rtasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasini qurish bo'yicha “foydalanishga to'liq topshirish” sharti bilan kontrakt imzolandi. Joriy yilning iyun oyida “Navoiyazot” AJ va Yaponiyaning «Mitsubishi Heavy Industries» i «Mitsubishi Corporation» kompaniyalari o'rtasida ammiak va karbamid ishlab chiqarish majmuasini qurish bo'yicha EPCC (loyihalashtirish, uskuna sotib olish, qurish va foydalanishga topshirish) sharti bilan kontrakt imzolandi.


2015 yil I yarim yillik murojaatlar tahlili

// 22 June 2015 yil

O'zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuniga binoan, 2015 yilning yanvar-iyun oylari davomida kompaniya korxonalari va tashkilotlari tomonidan Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish, xat va arizalarini ko'rib chiqish holati va natijalari yuzasidan 2015 yil 15 iyun kuni bo'lib o'tgan "O'zkimyosanoat" davlat aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining selektor yig'ilishida tanqidiy muhokama qilindi.