O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2019 yilning yanvar-mart oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1636,8 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 120,6%ni tashkil qildi. Sof holda 334,96 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 252,17 ming tonna azotli, 37,77 ming tonna fosforli va 45, 02 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 1276,5 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 681,7 ming tonnasi sotildi.
2019 yil 14 mart kuni “O'zkimyosanoat” AJda jamiyat boshqaruvi raisi O.Temirov “Air prodacts and chemicals” (AQSh) korporatsiyasi prezidenti janob Seyfi Gasemi boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi.
2019 yilning yanvar-fevral oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 1041,4 mlrd. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 125,7%ni tashkil qildi. Sof holda 215,36 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 161,75 ming tonna azotli, 23,6 ming tonna fosforli va 30 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 817,9 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 456,1 ming tonnasi sotildi.