O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 21 fevral kuni neft-gaz va kimyo sanoatida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish, ushbu tarmoqlarni tizimli rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 19 fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi, shu jumladan Yangier shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan ammiak va karbamid zavodi qurilishi maydonida bo'ldi.
2018 yil yakuni bilan “O'zkimyosanoat” korxonalarida 4,17 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi. Sof holda 1170,77 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 847,98 ming tonna azotli o'g'itlar, 140,38 ming tonna fosforli o'g'itlar va 182,41 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.