Матн ранги:
A
A
A

Oddiy ko'rinish

Mahaliylashtirish dasturi va sanoat kooperatsiyasi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri J.A.Qo'chqorov tomonidan 2020 yil 26 dekabrda tasdiqlangan “Mavjud ishlab chiqarishlarni kengaytirish va sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni o'zlashtirish bo'yicha” komissiya yig'ilishining 2-son bayoniga muvofiq 2021 yilda kimyo korxonalari tomonidan jami 26 turdagi 1 467,1 mlrd. so'mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Ma'lumot uchun:

“Farg'onaazot” AJda karbamid uchun yopishqoqlikka qarshi reagent, suyuq holatdagi murakkab o'g'it, natriy nitrati, natriy bikarbonati, uchlamchi natriy fosfati, “Maksam-Chirchiq” AJda modifikatsiyalangan g'ovakli selitra, oltingugurt-magniy bilan boyitilgan karbamid, magniy nitrati, ammiakli selitra uchun yopishqoqlikka qarshi reagent, zichligi past ammoniy nitrat eritmasi, tarkibida mikroelementlar va xelat birikmalari saqlovchi NPK murakkab o'g'iti, quruq uglerod IV oksidi, nanometrik rux oksidi, “Navoiyazot” AJda polivinilxlorid, kaustik soda, tiomochevina, natriy sian tuzining suvli eritmasi, suvda eriydigan kompleks NPK o'g'iti, “Ammofos-Maksam” AJda ammoniy sulfat-fosfati, "Birinchi rezinotexnika zavodi" MChJda avtomobil va qishloq xo'jaligi texnikalari shinalari va konveyer lentalari, “Jizzax plastmassa” AJda polietilen fitinglar, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda kraxmal, suyuq parafin, "Qo'ng'irot soda zavodi" MChJda "A" markali kaltsinatsiyalangan soda ishlab chiqariladi.

Dasturga kiritilgan loyihalarning 17 tasini mahalliylashtirish darajasi 100 foiz bo'lib, mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarilmoqda.

Sanoat kooperatsiyasi bo'yicha 2021 yilda jami 7 turdagi 669,7 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan: tog'-kon sanoati uchun – 2,0 ming tonna tiomochevina, 41 ming tonna natriy sian tuzi, 4,0 ming tonna g'ovakli selitra, shisha sanoati uchun – 3,5 ming tonna natriy nitrati, avtomobil sanoati uchun – 1,0 mln. dona avtomobil shinalari, 40,0 ming dona qishloq xo'jaligi texnikalari shinalari ishlab chiqariladi.