“O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida mamlakatimizda kimyo sanoatini rivojlantirish bo`yicha uzoq muddatli hamkorlikni yo`lga qo`yishga qaratilgan tadbirlarida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan “Uralxim” AJ direktorlar Kengashi a’zosi va bosh direktori Dmitriy Mazepin boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Joriy yilning 10-dekabr kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 12283 tonna 31416,6 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich past bo‘lgan, ya’ni 9-dekabr kuni 22185,1 mln. so‘mlik 7985 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.