Qishloq xoʻjaligida natijaning yuqori boʻlishi va moʻl hosil yetishtirilishi sohaga sifatli mineral oʻgʻitlarning oʻz vaqtidava kerakli miqdorda yetkazib berilishi bilan bevosita bogʻliq.
“Oʻzkimyosanoat” AJ tomonidan mineral oʻgʻitlarni birjadan sotib olish tartibini fermerlarga tushuntirish, brokerlarga qanday murojaat qilish, mineral oʻgʻitlarni birja savdolari orqali sotib olish, tiketni korxonaga yetkazish yoki ushbu tiket orqali omborxonadan yuklash xizmatlari tizimi va tartibini tushuntirish yuzasidan qator choralar koʻrildi.
Natijada j92,6mln tonna,2,2mln tonna242ming tonna149 ming tonna1,5mln tonna4628,1likyoki57,61,3mln tonna 90,0ming tonna74,0ming tonna
Qishloq xoʻjaligiga 2024-yil gʻalla va paxta hosili uchun (sof holda) 358,2 ming tonna azotli, 36,4 ming tonna fosforli va 18,5 ming tonna kaliyli mineral oʻgʻitlar yetkazib berildi.
Joriy yilning 12-fevral kuni Prezidentimiz raisligida qishloq xoʻjaligida ishga solinmagan yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida aynan mineral oʻgʻitlarni yetkazib berish yoʻnalishida qator vazifalar belgilab berilgan edi. Ularning ijrosi doirasida fermer xoʻjaliklariga qulayliklar yaratish maqsadida kimyo korxonalari tomonidan respublikaning 124 ta tumanida jami 275 ta 1,7 mln tonna sigʻimga ega mineral oʻgʻit vakolatli omborlari tashkil qilinib, mineral oʻgʻitlar ushbu omborlardan birja savdolariga qoʻyib borildi.
Shuningdek, joriy yilning 27-fevralidan boshlab, birja savdolariga mineral oʻgʻitlarning boshlangʻich narxlaridan oʻrtacha 10% gacha pasaytirib xarid qilish auksion tartibida savdoga qoʻyish mexanizmi joriy etildi.
2024-yildan boshlab joylardagi omborlardan klaster va fermerlarga mineral oʻgʻitni tashishda transportni logistika portalida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi bekor qilindi.
"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati