Samarqand shahri mezbonlik qilayotgan ShHT sammiti doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda Xitoyning “China National Chemical Engineering & Construction Corporation Seven, LTD” kompaniyasi oʻrtasida umumiy qiymati 8 milliard AQSH dollaridan ortiq boʻlgan yirik investitsiya loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Kelishuvda koʻzda tutilgan loyihalar biologik parchalanadigan polimerlar, ammiak va karbamid kabi jahon bozorida talab yuqori boʻlgan kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, MTO texnologiyasi asosida metanoldan olefin va MTP texnologiyasi asosida polipropilenni yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 14-sentabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 13-sentabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan “Ayolga saodat bering!” nomli ijtimoiy roliklar tanlovi eʼlon qilingan edi. Poytaxtimizdagi “Temiryo‘lchilar” madaniyat saroyida mazkur tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJda Eron Islom Respublikasi Neft vazirining oʻrinbosari Ahmad Asadzoda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat oʻrtasida neft-kimyo sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari, jumladan, kimyo sanoati mahsulotlari eksport va importi borasida hamkorlikni kengaytirish, birgalikda yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.