Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJ va “Air Products and chemicals” kompaniyasi rahbariyatlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

// 05 April 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (504.86 KB)

Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJ rahbariyati va “Air Products and chemicals” kompaniyasining bosh ijrochi direktori Eduardo Menezes ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, sanoatda gazlardan samarali foydalanish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari, kimyo tarmogʻida barqaror rivojlanish va ekologik xavfsizlik masalalarini muhokama qildilar. 

Birgalikdagi saʼy-harakatlar nafaqat ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga, balki sohada innovatsion yechimlarni rivojlantirishga ham hissa qoʻshishiga ishonch bildirdilar.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati