Xalqimiz, davlatimiz bugunini kechadan ko‘ra yanada yaxshilashni har birimiz xohlaymiz, ammo bu intilish halollik va vijdonni poymol qilib, ertani barbod etish evaziga amalga oshirilmasligi kerak.
BMT Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabrdagi rezolyusiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9-dekabr –Butun jahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan “Oʻzkimyosanoat “ AJda ijroiya boshqaruv apparati xodimlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼul vakili ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasidagi o‘z savdo maydonchasi orqali tashkilot tizimidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari savdosining 2022-yil 9-dekabr sanasidagi yakuni bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.
Joriy yilning 5-6-dekabr kunlari ISO 37001:2016 xalqaro standart talablariga muvofiq “CERT International” xalqaro trening kompaniyasi mutaxassislari tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi birinchi kuzatuv auditidan muvaffaqiyatli oʻtdi va xalqaro auditorlik va sertifikatlash tashkiloti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi amalda samara berayotganining asosiy koʻrsatkichi hisoblanuvchi ISO 37001:2016 xalqaro muvofiqlik sertifikati muddatini yana 1 yilga uzaytirdi.
Bugun “O`zkimyosanoat” AJda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tadbir o`tkazildi. Unda mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyati yuksalishiga o‘zining samarali mehnati orqali munosib hissa qo‘shayotgan “O‘zkimyosanoat” AJning 6 nafar xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.