Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha malakalari oshirilmoqda

// 03 July 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (13.49 MB)

“O‘zkimyosanoat” AJ va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarning korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens tizimlari xodimlaridan iborat 21 nafar mutaxassis Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan maxsus o‘quv kursi orqali o‘z malakalarini oshirdilar.

“Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining samarali ishlashini ta’minlash” mavzusidagi  o‘quv kurslari 10 kun davomida Korrupsiyaga qarshi virtual akademiya portali orqali olib borildi.

O‘quv davomida xodimlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalar, ya’ni korrupsiya holatlarini aniqlash, tahlil qilish, oldini olish hamda samarali kurashish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ham ega bo‘ldilar. 

Bu esa o‘z navbatida xodimlarning o‘zlari faoliyat yuritayotgan korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etishlariga xizmat qiladi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati