2018 yil yakuni bilan “O'zkimyosanoat” korxonalarida 4,17 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarildi. Sof holda 1170,77 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 847,98 ming tonna azotli o'g'itlar, 140,38 ming tonna fosforli o'g'itlar va 182,41 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2018 yilning yanvar-noyabr oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 3,6 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 100,1 %ni tashkil qildi. Sof holda 1061,11 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 769,44 ming tonna azotli, 128 ming tonna fosforli va 163,68 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi. Hisobot davrida birja savdolariga fizik holda 2829,6 ming tonna mineral o'g'it chiqarildi va shundan 2011, 2 ming tonnasi sotildi.
2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 3,3 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 101,6%ni tashkil qildi. Sof holda 975,52 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 708.38 ming tonna azotli, 116,24 ming tonna fosforli va 150,9 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.
2018 yilning yanvar-iyul oylarida “O'zkimyosanoat” korxonalarida 2,5 trln. so'mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilib, o'sish sur'ati 104,1%ni tashkil qildi. Sof holda 694,04 ming tonna mineral o'g'itlar, shu jumladan 780,5 ming tonna azotli, 92,0 ming tonna fosforli va 120,8 ming tonna kaliyli o'g'itlar ishlab chiqarildi.