Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“Oʻzkimyosanoat” AJda China Export & Credit Insurance korporatsiyasi (SINOSURE) hamda CC7 Industriyes kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

// 17 August 2023 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (218.16 KB)

Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “China National Chemical Engeneering & Construction Corporation Seven” kompaniyalari ishtirokida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, Xitoy moliya institutlaridan investitsiyalar jalb qilish, shuningdek, “China Export & Credit Insurance” korporatsiyasi tomonidan taqdim etiladigan eksport-kredit sugʻurta xizmatlari kabi masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda “China Export & Credit Insurance” korporatsiyasi bosh menejeri Li Venvei tovarlar eksportini, shuningdek, eksport kreditlari va investitsiyalarni sugʻurtalash orqali Xitoy kompaniyalarining xorijdagi sarmoyalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻp yillik tajribaga egaligi, qolaversa, hamkorlikni yanada kengaytirish va kimyo sanoatida loyihalarini birgalikda amalga oshirishdan korporatsiya manfaatdor ekanligini bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida, joriy yilning may oyida boʻlib oʻtgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” sammiti doirasida “Oʻzkimyosanoat” AJ va Xitoylik hamkorlar oʻrtasida bir qancha loyihalar, jumladan, quyosh elektr stansiyalari qurish, ammiak va karbamid, hamda xlorid-kaliy oʻgʻitlar ishlab chiqarish loyihalari boʻyicha investitsiyaviy shartnomalar imzolangan.