“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumida malakali psixolog Goʻzal Utabekova hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼul xodimi Nodira Karimovalar ishtirokchi xotin-qizlar bilan uchrashishdi.
Masʼullar “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalarida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan ishlarni yuksak eʼtirof etishdi.
Milliylik va zamonaviylik uygʻunlashgan ushbu uchrashuvda ekspertlar xotin-qizlarning shaxsiy rivojlanishini oshirish, kasbiy mahoratni yuksaltirish, ruhiy zoʻriqishlarni kamaytirish borasida soʻz yuritishmoqda.
Mahorat darsi interaktiv oʻyinlar bilan yanada qiziqarli oʻtmoqda.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati