"O'zkimyosanoat" AJ

Xotin-qizlar uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi

// 30 May 2024 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/xotin-qizlar-uchun-psixologik-seminar-trening-tashkil-etildi

“Kimyo sanoati yosh mutaxassislari” milliy forumida malakali psixolog Goʻzal Utabekova hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼul xodimi Nodira Karimovalar ishtirokchi xotin-qizlar bilan uchrashishdi.  

Masʼullar “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda tarmoq korxonalarida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan ishlarni yuksak eʼtirof etishdi. 

Milliylik va zamonaviylik uygʻunlashgan ushbu uchrashuvda ekspertlar xotin-qizlarning shaxsiy rivojlanishini oshirish, kasbiy mahoratni yuksaltirish, ruhiy zoʻriqishlarni kamaytirish borasida soʻz yuritishmoqda. 

Mahorat darsi interaktiv oʻyinlar bilan yanada qiziqarli oʻtmoqda. 

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati