“Oʻzkimyosanoat” AJda Texnik qoʻmitaning 4-yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Yig'ilishda “Oʻzkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarining ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish hamda texnik rivojlantirish, standartlashtirish bo'yicha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Unda kimyo sohasida texnik jihatdan tartibga solishga oid normativ-hujjatlarni ishlab chiqish hamda yangi texnologiyalar asosida tartibga soluvchi standart hujjatlarni ishlab chiqishning ahamiyati haqida so'z bordi. Shuningdek,
🔹Tarmoq korxonalari faoliyatida foydalanilayotgan davlatlararo GOST standartlarining aktualligini saqlab qolish;
🔹Tarmoq korxonalari tomonidan bir turdagi mahsulotlarga bo‘lgan standartlarning texnik talablari va nazorat usullari yuzasidan konsensusga erishish;
🔹2024-2025 yillarda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan normativ-texnik hujjatlarni kelishish va O‘zbekiston standartlariga yuborish;
🔹Ichki (sexlar oʻrtasida xomashyo sifatida yetkazib beriladigan tashkilot standartlarini) korxonaning ichki hujjati sifatida amalda qoldirish kabi koʻplab muhim masalalar koʻrib chiqildi.
"O'zkimyosanoat" AJ Matbuot xizmati