Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

“O‘zkimyosanoat” AJda sport klublari tashkil etildi!

// 07 February 2025 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (314.85 KB)

Sog‘lom jamiyat – barqaror rivojlanish poydevori! 

“O‘zkimyosanoat” AJ rahbariyati tashabbusi bilan xodimlar oʼrtasida basketbol, voleybol va gandbol klublari tashkil etildi! 

Bu klublar nafaqat sportga mehr uyg‘otish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Klublar faoliyatining asosiy maqsadlari:

  • Sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish
  • Jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash
  • Kasb va sport uyg‘unligi orqali ijobiy muhit yaratish
  • Respublika sport tadbirlarida faol ishtirokini ta’minlash

Yosh bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q! Har qanday yoshdagi ishtirokchilar klublarga a’zo bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulotlar ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlarida o‘tkaziladi, shuningdek, barchaga qulay vaqtlar tanlanadi.

Klublar “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi barcha korxonalarda tashkil etilgan va ularda ishlovchi barcha xodimlar ishtirok etishi mumkin.

Jamoaviy mashg‘ulotlar, musobaqalar va maxsus sport tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati