"O'zkimyosanoat" AJ

“O‘zkimyosanoat” AJda sport klublari tashkil etildi!

// 07 February 2025 yil
https://special.uzkimyosanoat.uz/oz/press/news/o-zkimyosanoat-ajda-sport-klublari-tashkil-etildi

Sog‘lom jamiyat – barqaror rivojlanish poydevori! 

“O‘zkimyosanoat” AJ rahbariyati tashabbusi bilan xodimlar oʼrtasida basketbol, voleybol va gandbol klublari tashkil etildi! 

Bu klublar nafaqat sportga mehr uyg‘otish, balki jamoaviy ruhni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Klublar faoliyatining asosiy maqsadlari:

Yosh bo‘yicha hech qanday cheklov yo‘q! Har qanday yoshdagi ishtirokchilar klublarga a’zo bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulotlar ish vaqtidan tashqari va dam olish kunlarida o‘tkaziladi, shuningdek, barchaga qulay vaqtlar tanlanadi.

Klublar “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi barcha korxonalarda tashkil etilgan va ularda ishlovchi barcha xodimlar ishtirok etishi mumkin.

Jamoaviy mashg‘ulotlar, musobaqalar va maxsus sport tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazib boriladi.

 “Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati