Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Jahon kimyo sanoati xabarlari: tabiiy kauchuk narxi qimmatlashishi muqobil sintetik mahsulotlarga talab ortishiga olib kelishi mumkin

// 30 October 2024 yil Bosma ko'rinish Yuklab olish: pdf (241.78 KB)

Tabiiy kauchuk narxi qimmatlashishi muqobil sintetik mahsulotlarga talab ortishiga olib kelishi mumkin

Singapur va Tokio xom-ashyo birjalarida tabiiy kauchuk fyucherslari bir tonna uchun 2 ming dollardan oshdi. Bu 2019-yil iyulidan beri eng yuqori koʻrsatkichdir. Narxlarning bunday koʻtarilishining asosiy sabablari sifatida Tinch okeani yuzasining isishi fonida ob-havoga taʼsir qiluvchi El-Ninyo iqlim hodisasi hamda talab va taklifning umumiy nomutanosibligi koʻrsatilmoqda. 

Mutaxassislarning fikricha, tabiiy xom-ashyoning qimmatlashishi sintetik kauchukka nisbatan talab oʻsishi ehtimolini oshiradi.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati