Tabiiy kauchuk narxi qimmatlashishi muqobil sintetik mahsulotlarga talab ortishiga olib kelishi mumkin
Singapur va Tokio xom-ashyo birjalarida tabiiy kauchuk fyucherslari bir tonna uchun 2 ming dollardan oshdi. Bu 2019-yil iyulidan beri eng yuqori koʻrsatkichdir. Narxlarning bunday koʻtarilishining asosiy sabablari sifatida Tinch okeani yuzasining isishi fonida ob-havoga taʼsir qiluvchi El-Ninyo iqlim hodisasi hamda talab va taklifning umumiy nomutanosibligi koʻrsatilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, tabiiy xom-ashyoning qimmatlashishi sintetik kauchukka nisbatan talab oʻsishi ehtimolini oshiradi.
“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati