Joriy yilning 1-3 mart kunlari O'zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaninig ikkinchi yig'ilishida ishtirok etish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E.G'aniev boshchiligidagi O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Abu–Dabi shahriga tashrif buyurdi.
Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 26 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi bilan Qozog'iston Respublikasi o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha hukumatlararo qo'shma komissiyaning navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Tadbirda ikki mamlakatning iqtisodiyot, bank-moliya, savdo-sanoat, sarmoya, bojxona, yoqilg'i-energetika, avtomobilsozlik, transport va transport kommunikatsiyalari, qishloq va suv xo'jaligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, sayyohlik va aviatashuv kabi sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan qator vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Prezident Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 22 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi
Ikki davlat rahbarlari an'anaviy do'stlik va ochiqlik ruhida o'tgan muzokaralar chog'ida mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama etdilar.
Prezidentimiz Islom Karimovning 2007 yil 12 noyabrda qabul qilingan “Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoniga muvofiq o'tkazib kelinayotgan sanoatchilarning mazkur an'anaviy forumi mamlakatimizning mahalliy xomashyolardan foydalangan holda ishlab chiqarishning yangi tur va yo'nalishlarini rivojlantirish borasidagi yutuqlarini yana bir bor namoyish etdi. Kooperatsiya birjasi ishtirokchilari korxonalar sanoat tarmoqlari ehtiyojlarini baholab, rivojlanish istiqbollarini belgilash, kelgusi yil uchun mahsulotlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va buyurtmalar portfelini shakllantirish imkoniga ega bo'ldi.