Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Ajdodlarga ehtirom

Navoiy asarlari hamda ularda qoʻllangan janrlarning umumiy miqdori

Alisher Navoiydan buyuk meros boqiy qoldi. Koʻp mutaxassislar uning asarlari sonini 30 ga yaqin deb koʻrsatishadi: “Oʻttizga yaqin (?) nazmiy va nasriy asarlarida yigirma olti mingdan ortiq soʻz qoʻllagan ulugʻ shoir adabiy oʻzbek tilining grammatik qurilishi xususida ham eʼtiborga loyiq fikrlarni oʻrtaga tashlagan”


AMIR TЕMURNING ILK TADQIQOTCHISI

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarini dunyo olimlari yakdillik bilan qomusiy asar sifatida baholashgan va shu bilan birga temuriylar Uyg‘onish davri va Bobur mavzuini yoritish bo‘yicha mukammal manba deb bilishgan.


“Samarqand ham fath etilsa, Samarqandda oʻzing oʻtir” – Boburning Humoyunga yozgan maktubi, boshqaruv siyosati va hayotidagi muhim nuqtalar

Zahiriddin Muhammad Bobur haqida so‘z ketganda, hamisha shoh va shoir degan ta’rifga duch kelamiz. Ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yib bo‘lmasligini yaxshi bilamiz. Shoh va shoir Bobur degan bu ifodaga allaqachon o‘rganib bo‘lganmiz. Hamma gap qismatga bitilgan mana shu shohlik va shoirlikda ekanini ham tushunamiz.


22-fevral – Azim Suyun tavallud topgan kun

Azim Suyun 1948 yil 22 fevralda Samarqand viloyati Nurota tizma togʻlari etagida joylashgan Quduqcha qishlogʻida tugʻildi. Nakurt qishlogʻida Suyun bobo tarbiyasida oʻsib ulgʻaydi. Yosh Azim choʻpon otasi ortidan yurib, tabiat sirlari bilan oshno tutingan. Ayni shu omil boʻlgʻusi shoirning shakllanishiga taʼsir oʻtkazgan.