Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Ajdodlarga ehtirom

Biz buyuk davlat, buyuk tarix, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz!

Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat.


Muso al-Xorazmiy

Daho kashfiyotlari bilan dunyo ilm-faniga bebaho hissa qo'shgan olim Muhammad al-Xorazmiydir. Uning tarjimai holi va bolaligi bilan bog'liq ma'lumotlar saqlanib qolmagan. Biroq 800-yillarning boshlarida Xurosonning Bog'doddagi hokimi – Ma'mun ibn Xorun ar-Rashidning saroyiga taklif qilinganligi inobatga olinsa, u ona yurti Xorazmda ta'lim olib, yigirma yoshlaridayoq mashhur olim bo'lib ulgurganligini ko'rish mumkin.


19-yanvar – Mahmudxo‘ja Behbudiy tavallud topgan kun

Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatining eng yirik namoyandasi, Turkiston jadidlari rahnamosi, mustaqil jumhuriyat g‘oyasining bayroqdori, yangi maktabchilik nazariyotchisi va amaliyotchisi, o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi, noshir Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919-y.) tariximizning g‘oyat og‘ir va murakkab bir davrida yashadi.


Zahiriddin Muhammad Bobur haqida

Ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat va boburiylar saltanati asoschisi. Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon shahrida (1483-yil 14-fevral) tug‘ildi.


Saida Zunnunova hayoti va ijodi

Isteʼdodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926-yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941-1943-yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi. Andijon maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim boʻlib ishladi.


1 mart — atoqli shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan kun

O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 mart kuni Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq (1931—1934) adabiy to‘garaklarda she’rlar mashq qila boshladi.


Birinchi oʻzbek kimyogar qizi haqida bilasizmi?


Bugun Mahmudxo‘ja Bebudiy tavallud topgan kun. Ulug‘ jadid 1875-yil 19-yanvarda dunyoga kelgan

Mahmudxoʻja Behbudiy XX asr boʻsagʻasida Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi, yangi davr oʻzbek madaniyatining asoschisidir. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, mustaqil jumhuriyat gʻoyasining yalovbardori, yangi maktab gʻoyasining nazariyotchisi va amaliyotchisi, oʻzbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist. U tariximizning gʻoyat ogʻir va murakkab bir davrida yashadi.


25-yanvar Oʻlmas Umarbekov tavallud topgan kun

Respublika radiosi Adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh tahririyatida bosh muharrir, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasida direktor, Oʻzbekiston Madaniyat vaziri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, shu bilan birga Osiyo va Afrika yozuvchilar birdamlik qoʻmitasining raisi lavozimlarida xizmat qildi. 1989-1991-yillarda esa Respublika Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari boʻlib ishladi.


Alisher Navoiy ilm va ma’rifat haqida

Oʻzbek xalqining ulugʻ mutafakkiri, maʼrifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida eʼtibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, oʻrganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yoʻlida sarf qilish zarurligini uqtirdi.