Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Bizning strategiya

Iqlim oʻzgarishi muammosini hal etish bo‘yicha bizning qarashlarimiz

2015-yilda 196 ta davlat, jumladan, Oʻzbekiston iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish boʻyicha Parij bitimini qabul qildi. Uning asosiy maqsadi global oʻrtacha haroratning oshishini 2 ° C dan ancha past ushlab turish va haroratning sanoat davrigacha boʻlgan darajadan 1,5 ° C gacha koʻtarilishini cheklash boʻyicha saʻy-harakatlarni davom ettirish orqali iqlim oʻzgarishi tahdidiga qarshi turishdir.

Issiqlikni sanoat davrigacha bo'lgan darajadan 1,5 ° C dan past darajada ushlab turish iqlim o'zgarishining eng og'ir va qaytarilmas ta'sirini cheklashi mumkin. Buning uchun 2030-yilga kelib global issiqxona gazlari tashlamalarini ikki barobar kamaytirish va 2050-yilga kelib ularni nolga yetkazish kerak. Nol emissiyaga barcha issiqxona gazlari tashlamalarini maksimal darajada kamaytirish bilan erishiladi, odatda kamida 90%ga, tashlamalar kompensatsiyalari esa faqat kamaytirish mumkin bo'lmagan tashlamalar uchun qo'llaniladi.

Yuqori darajadagi tashlamalar bilan sohasida faoliyat yuritayotgan “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda muhim rol o‘ynashi mumkin, shuning uchun u dunyoni 1,5°C ssenariysi tomon o‘tish bo‘yicha o’z oldiga ulkan iqlim maqsadlarini qo‘ygan: “Biz “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatida “toza nol”ga erishish uchun 2050-yilga kelib issiqxona gazlari tashlamalarini 90% ga kamaytirishga intilmoqdamiz. Bizning yaqin va uzoq muddatli tashlamalarni kamaytirish bo‘yicha o’z oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz global isishni 2°C dan ancha past darajada cheklash bilan mos keladi, bu esa Parij kelishuvini bajarishga imkon beradi.


1-boʻlim: “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining qarashlari

Biz 2050-yilga kelib tashlamalarning nol darajaga yetkazilishiga erishishni maqsad qilganmiz

  • Biz 2022-yilga nisbatan 2030-yilga kelib 1- va 2-ko‘lamlardagi tashlamalarni 42 foizga kamaytirishni maqsad qilganmiz;
  • 2050-yilga kelib biz 2022-yilga nisbatan 1-, 2- va 3-ko‘lamlardagi tashlamalarni 90 foizga qisqartiramiz, qolgan 10 foizini neytrallashtiramiz
  • Shuningdek, biz 3-ko‘lamdagi tashlamalarimiz miqdorini baholash ustida ishlaymiz. 2025-yilgacha 3-ko‘lamdagi tashlamalarni  qisqartirish maqsadini belgilaymiz.


Issiqxona gazlari tashlamalarini qisqartirish yuzasidan bizning maqsadlarimiz 1-3-ko‘lamlardan kelib chiqqan holda  aniqlanadi va kam uglerodli rivojlanish konseptsiyasiga asoslanadi.

1-ko'lamdagi tashlamalar - bu biz egalik qiladigan yoki nazorat qiladigan manbalardan hosil bo’ladigan to'g'ridan-to'g'ri tashlamalardir. 1-ko‘lamdagi odatiy chiqindilarimiz tabiiy gazni riforming qilish va azot kislotasini ishlab chiqarishdan iborat. 2-ko'lamdagi tashlamalar - bu sotib olingan energiyadan foydalanish natijasida atmosferaga chiqariladigan bilvosita tashlamalardir. Odatda, 2-ko‘lamdagi tashlamalar tabiiy gazning yonishi natijasida yuzaga keladi, undan biz sotib oladigan elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. 3-ko'lamdagi tashlamalar qiymatni yaratish zanjirimizda yuzaga keladigan va bizning bevosita nazoratimizdan tashqarida bo'lgan barcha boshqa bilvosita tashlamalarni o'z ichiga oladi. Odatda, 3-ko'lamdagi tashlamalar tabiiy gazni qazib olish va taqsimlash jarayonidagi ta'minot zanjirimizda va biz sotadigan o'g'itlar va kimyoviy moddalarni tashish va tarqatish natijasidagi ta'minot zanjirimizda, shuningdek, bizning oxirgi foydalanuvchilarimiz tomonidan tuproqqa qo'llanganda o'g'itlarimizdan foydalanish natijasida yuzaga keladi.

Tashlamalarni  kamaytirish maqsadli ko’rsatkichlarini belgilash uchun biz past uglerodli yo'l modelini ishlab chiqdik. Kam uglerodli yo'l modeli yumshatish choralarini amalga oshirish orqali dekarbonizatsiya maqsadlarimizga qanday erishishimizni belgilaydi. Bu yo'l a) siyosatlar, texnologiyalar, investitsiyalar va b) tegishli PG tashlamalari yo'llari va ularni qisqartirish usullaridan iboratdir.


Tashlamalarni qisqartirish bo'yicha o‘z maqsadlarimizga erishish uchun biz tashlamalarni  kamaytirish yuzasidan  quyidagi beshta choralarning amalga oshirilishini baholaymiz:

  1. 1Qayta ishlash / aylanma iqtisodiyot (masalan, plastmassani qayta ishlashni rivojlantirish);
  2. Mavjud yetuk texnologiyalarda qo'llaniladigan energiya samaradorligi va atrof-muhitni yumshatish choralari (masalan, azot zakisi (N2O) tashlamalarini kamaytirish loyihalari);
  3. Sotib olinadigan issiqlik va elektr energiyasini chuqur dekarbonizatsiya qilish (masalan, qayta tiklanadigan manbalardan energiya sotib olish);
  4. Kam miqdordagi uglerodli ammiak ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari (masalan, "yashil" vodoroddan foydalanish);
  5. 3-ko‘lamdagi tashlamalar muammolarini hal qilish uchun manfaatdor tomonlar bilan faol hamkorlik qilish (masalan, yaxshilangan o‘g‘itlarni ishlab chiqish, dalalarda taslamalarni kamaytirish uchun ingibitorlardan foydalanish, oziq moddalar tarkibini maqbullashtirish uchun fermerlar / butun qishloq xo‘jaligi sektori bilan ishlash va tashlamalarni  kamaytirish bo‘yicha ilg‘or qishloq xo‘jaligi amaliyotlari to‘g’risida ularga maslahat berish).