Размер текста:
A
A
A
Масштаб:

Oddiy ko'rinish

Yevgeniy Aleksandrovich Korjikov

«O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari

Tug'ilgan yili va joyi: 1968-y., Rossiya, Krasnoyarsk shahri

Ma'lumoti: oliy, Tomsk politexnika instituti (1994-y.).

Telefon: (998 71) 140 74 06

Elektron pochta: info@uzkimyosanoat.uz

Mehnat faoliyati

2023-y. – h.v. «O'zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari
2020-y. – 2023-y. "O'zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisining o'rinbosari
2019-y. - 2020-y. "O'zkimyosanoat" AJ boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari
2017-2019-yy. "Navoiyazot" AJ boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari – Ammiak va karbamid, polivinilxlorid, azot kislotasi ishlab chiqarishi qurilishi bo'yicha direktori
2016-2017-yy. "Navoiyazot" AJ ishlab chiqarish bo'yicha direktori v.b., ishlab chiqarish, investitsiyalar va ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish bo'yicha direktor o'rinbosari, ammiak va karbamid, polivinilxlorid, azot kislotasi ishlab chiqarishi qurilishi bo'yicha direktori
2015-2016-yy. "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyati muvofiqlashtirish va mahalliylashtirish bo'limi boshlig'i
2011-2015-yy. "Navoiyazot" AJ investitsiyalar bo'yicha boshqarma, keyinchalik departament boshlig'i
2009-2011-yy. "Navoiyazot" AJ texnika bo'limi boshlig'i v.b., «Ammiak va karbamid majmuasi qurilishi» loyihasini tatbiq etish bo'yicha byuro boshlig'i, kaustik soda, xlor va xlor mahsulotlari sexi boshlig'i
2000-2009-yy. "Navoiyazot" AJ III navbatdagi ammiak ishlab chiqarishning boshlig'i
1994-2000-yy. "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasi 60-tsex boshlig'i v.b, sex boshlig'i, 1-sex smena boshlig'i, 4-sex usta-texnologi, boshliq o'rinbosari
1986-1994 yy. "Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasi ta'mirlash-mexanika sexi tokari, 2-sex apparatchi shogirdi, konversiya apparatchisi, smena ustasi

Funksional vazifalar

  • ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, yangilarini barpo etishga qaratilgan tarmoq korxonalarining barqaror va mutanosib rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • kimyo korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi va ishlab chiqarish xarajatlar darajasiga ta'sir qiluvchi omillarni chuqur tahlil etish, zamonaviy energiya va resurslarni tejovchi texnologiyalar va uskunalarni hamda eng yangi elektron-axborot boshqarish tizimlarni jalb etish hisobiga mahsulot tannarxini va ishlab chiqarish xarajatlarini tubdan qisqartirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • tarmoq korxonalarining xavfsiz faoliyatini, ularda yuqori qo'shimcha qiymati va talabga ega sifatli kimyo mahsulotlarni ishlar chiqarilishini ta'minlash maqsadida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, mahalliy madaniy va xom ashyo resurslarni chuqur qayta ishlash, tizimda zamonaviy yuqori texnologik jihoz-uskunalarni va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga mo'ljallangan yagona texnik siyosatni olib borish;
  • sanoat xavfsizligi, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha maqsadli chora-tadbirlarni va ishlab chiqarish dasturlarni bajarish;
  • zamonaviy raqobatbardosh innovatsion texnologiyalar, mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga, energiya va resurslar sarfini hamda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga qaratilgan ilmiy, shu jumladan, tarmoqlararo izlanishlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish.

 

Fuqarolarni shaxsiy masalalar bo'yicha qabul qilish kunlari: seshanba, 10.00—12.00