8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida “Oʻzkimyosanoat” AJda faoliyat olib borayotgan bir qator mutaxassis ayol-qizlar Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan xalqchil islohotlar muvaffaqiyatidagi faol ishtiroki, rahbariyat tomonidan berilayotgan topshiriqlarni oʻz vaqtida samarali va sidqidildan bajarishda munosib hissasini qoʻshganligi, jamiyatda ish samaradorligini oshirishda jonbozlik koʻrsatgani uchun Boshqaruv raisi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.
“Oʻzkimyosanoat” AJda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sport musobaqalari tashkil etildi.
“Navoiyazot”AJ boshqaruvi raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Nasiba Sodiqova bayram munosabati bilan ayollarni qo‘llab-quvvatlashdagi tashabbuskorligi uchun “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ma’lumki, o‘simlik ekiladigan har bir yerning o‘z ehtiyojlari bo‘ladi. Yerga qanday elementlar yetishmayotganini yilda bir marotaba bo‘lsada, tahlil qilish zarur. Paxta fosfor va kaliy bilan taqqoslaganda ikki barobar azot iste’mol qiladi.
Tanlov “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan, jamoat ishlarida faol, 50 yoshgacha bo‘lgan mutaxassis xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazildi.