Bugun, 17 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-4265-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish to'g'risida”gi PQ-4265-sonli Qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etilishini ma'lum qiladi.
Uchrashuv davomida “O'zkimesanoat” AJ korxonalarida avtomatlashtirish va raqamlashtirish bo'yicha kompaniya texnologiyasini qo'llash, mavjud muammolar va ularni hal qilish yo'llari hamda tashkilot tizmidagi zavodlarda dispetcherlik va boshqaruv uchun zamonaviy uskunalarni bosqichma-bosqich qo'llash masalalari muhokama qilindi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati barcha harbiy xizmatchilarni va yurtdoshlarimizni 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” va O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin!
“O'zkimesanoat” aksiyadorlik jamiyatida “ARMENT CONSTRUCTION CHEMICALS” kompaniyasi vakillari va “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruv raisining o'rinbosari Sh.Nabiev boshchiligidagi vakillar o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.