O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 5 fevraldagi “Samarqand viloyatida murakkab mineral o'g'itlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 61-sonli qaroriga muvofiq, 2023 yil 1 iyuliga qadar “Samarqandkimyo” AJ negizida murakkab meniral o'g'itlar ishlab chiqarishning zamonaviy, ekologik jihatdan zararsiz majmuasi ishga tushiriladi.
Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xavfsizligini, sifatini va raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida, maxsus Ishchi guruh tomonidan “O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalar laboratoriyalarning texnik jixozlari va uslubiy ta'minotini o'rganish ishlarini davom ettirilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zkimyosanoat” AJ rahbar kadrlarini lavozimlarga tasdiqlash to'g'risida”gi qaroriga muvofiq, “O'zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajarish Energetika vazirining birinchi o'rinbosari – “O'zatom” agentligi bosh direktori Jo'rabek Tursunpo'latovich Mirzamaxmudovga yuklatildi.
“O'zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Umumiy va noorganik kimyo instituti bilan hamkorlikda “Azot va oltingugurt tutgan kompleks mineral o'g'itlar” ilmiy monografiyasi chop etildi.