Joriy yilning 30-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 18322 tonna 49020,3 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 29-mart kuni 56389,2 mln. so‘mlik 18828 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
“Oʻzkimyosanoat” AJning “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” talablari asosida jamiyatda manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilishning tartibi oʻrnatilgan.
Bugun “Oʻzkimyosanoat” AJda Polshaning import va eksport bilan shugʻullanuvchi “CENZIN” kompaniyasi Prezidenti va bosh ijrochi direktori Robert Vardak boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “CENZIN” kompaniyasi tomonidan “Oʻzkimyosanoat” AJ tizim korxonalarida ishlab chiqarilayotgan kimyo maxsulotlariga nafaqat Polshada balki Yevropa, Afrika hamda Janubiy Amerika mamlakatlarida ham qiziqish va talab yuqori ekanligi maʼlum qilindi. Qolaversa, kompaniya sanoat uchun zarur boʻlgan texnik uskunalar va butlovchi qismlarni xorijiy davlatlardan yurtimizga keltirib berish boʻyicha ham oʻz takliflarini bidirdi. Uchrashuv davomida “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda “CENZIN” kompaniyasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish va hamkorlikda investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.
Joriy yilning 29-mart kuni “O‘zkimyosanoat” AJ tizimidagi korxonalar tomonidan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi ochiq birja savdolari orqali 18828 tonna 56389,2 mln. so‘mlik mineral o‘g‘itlar sotildi. Bir kun oldin bu ko‘rsatkich yuqori bo‘lgan, ya’ni 28-mart kuni 56032,2 mln. so‘mlik 18896 tonna mineral o‘g‘itlar sotilgan.
“Деловая Россия” jurnalining №1-2|2022 sonida “Oʻzkimyosanoat”: sanoat kimyosi innovatorlari” sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Unda “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda jamiyat tomonidan ishlab chiqarishni yanada diversifikatsiya qilish, sanoatga innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish, yuqori qoʻshimcha qiymatga ega kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarishni taʼminlash hamda kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida soʻz yuritilgan.